date
views 234

O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatiladi?

O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatiladi?
Foto: Dreamstime

O‘tgan yilning dekabr oyida prezident rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Keyinchalik, joriy yilning 20 aprel kuni davlat rahbari yangi farmoni bilan yuqoridagi hujjatga o‘zgartirishlar kiritdi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 2 sentyabr (shanba) qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Shu tariqa, sentyabr oyida o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi:

- 2023 yil 1 sentyabr (juma) - dam olish kuni;
- 2023 yil 2 sentyabr (shanba) - olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 2023 yil 3 sentyabr (yakshanba) taqvim bo‘yicha dam olish kuni.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatiladi?