15:18 / 14.07.2023
120

Prezident yoshlarga murojaat qildi

Prezident yoshlarga murojaat qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari tantanali marosimdagi nutqida O‘zbekiston yoshlariga murojaat qildi:

«Aziz o‘g‘il-qizlarim, bugun tarixning o‘zi, zamonning o‘zi sizlarning oldingizda beqiyos imkoniyatlar ochmoqda.

El-yurt koriga avvalo kim yaraydi? Albatta, sizlar!

Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessansni kim barpo etadi?

Albatta, sizlar!

Yurtimiz, xalqimizni kelajakda kim rozi qiladi?

Albatta, sizlar!

Xalqimiz, Vatanimiz sizlarga ishonadi.

Sizlar O‘zbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga qodirsiz.

Yoshlik – g‘animat, vaqt – g‘animat, fursat borida otni qamchilang! Davlatimiz, xalqimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarning qadriga yeting! Dunyoga o‘z so‘zingizni ayting!

Izlanish va intilishdan aslo to‘xtamang! Baxt va omad doimo sizlarga yor bo‘lsin!», dedi Shavkat Mirziyoyev.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yoshlarga murojaat qildi
ePN