10:33 / 18.07.2023
141

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. etib tayinlandi.

Sanjar Obidov 1986 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Toshkent moliya institutini va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.

U bugunga qadar qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Bundan tashqari, Sanjar Obidov Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b bo‘lib ishlagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
ePN