00:30 / 21.07.2023
201

Korxona avtomashinalari nega xatlandi?

Korxona avtomashinalari nega xatlandi?

Odatda, bizda biror bir kattaroq buyum yoki mahsulot olishga ehtiyoj bo‘lsada, hamyonimizda unga yetarli miqdordagi mablag‘ning yo‘qligi shashtimizni biroz pasaytiradi, bunday hollarda esa biz banklardan turli xildagi kreditlardan birini olib, muammomizni hal etishga harakat qilamiz.

Bir qancha yugur-yugurlar bilan zarur hujjatlarni jamlab, shartnoma asosida bankdan kerakli mablag‘ni olamiz. Qarabsizki, ish hal. Lekin, kreditni qaytarishga kelganda esa...

Xususan, O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 23.02.2023 yildagi qarzdor "MODERNA CEMENT INDUSTRIES" MCHJdan undiruvchi “Ipotekabank” ATB foydasiga 651.213 AQSH dollari ya’ni, 12.04.2023 yildagi Markaziy bank kursi bo‘yicha 7 mlrd. 436 mln. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 01.06.2023 yilda kelib tushgan va qarzdorga sud qarori ijrosini ta’minlash uchun ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddat ichida mavjud qarzdorlik bartaraf etilmagani bois, byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, 17.07.2023 yilda qarzdorning jamiyat balansidagi "KAMA KMC3041E3" rusumli yuk avtomashinasi, "Lacetti 2", “KIA SEDONA” hamda "TOYOTA LAND CRUISER" rusumli avtotransport vositalari hamda yuridik manzili bo‘lgan O‘zbekiston tumani, Bekobod MFY, Bog‘i ravon ko‘chasidagi uylarning birida joylashgan ko‘chmas mulk bino inshootlari qarzdorlik yuzasidan ro‘yxatga olib xatlandi.

Hozirda xatlangan mulklarni baholash va realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Xatlangan mulkni auksion savdoga chiqarilgunga qadar qarzdor qarzini to‘lashiga umid qilamiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxona avtomashinalari nega xatlandi?
ePN