SpaceX oʻzining yangi avlod Starship V3 raketasini ilk bor yigʻdi

1 daqiqa o'qish279
SpaceX oʻzining yangi avlod Starship V3 raketasini ilk bor yigʻdi

SpaceX kompaniyasi Texasdagi Pad 2 start maydonchasida Starship V3 raketasini ilk bor toʻliq yigʻib chiqdi. Ship 39 va Super Heavy Booster 19 tizimlaridan iborat ushbu majmua Flight 12 missiyasi uchun moʻljallangan boʻlib, uning parvozi dastlabki rejalarga koʻra 15-maydan keyinga belgilangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi konfiguratsiya Starship tarixidagi eng muhim yangilanishlardan biri hisoblanadi. Ship 39 kemasi Raptor 3 dvigatellari, hajmi kattalashtirilgan yonilgʻi baklari, takomillashtirilgan issiqlik himoyasi va orbital yoqilgʻi quyish uchun zarur boʻlgan maxsus jihozlar bilan taʼminlangan. Booster 19 esa konstruktiv oʻzgarishlarga uchragan boʻlib, unda toʻrtta oʻrniga uchta panjarali rul va bosqichlarni ajratishning yangi tizimi qoʻllanilgan.

Dastlab Flight 12 missiyasi uchun Booster 18 ishlatilishi rejalashtirilgan edi, biroq sinovlar vaqtida yuz bergan nosozlik sababli u yaroqsiz holga keldi. Natijada SpaceX Booster 19 tayyorgarligini tezlashtirdi va u allaqachon 33 ta Raptor dvigateli bilan 14 soniyalik muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi.

Ushbu parvoz Starship loyihasi uchun burilish nuqtasi boʻlishi kutilmoqda. SpaceX raketaning yuk koʻtarish qobiliyatini oshirish va uni yangi avlod Starlink sunʼiy yoʻldoshlarini uchirish, Artemis oy dasturi hamda Marsga parvozlar uchun tayyorlashni maqsad qilgan. Ilon Mask joriy yilda Starship raketasining toʻliq qayta foydalaniladigan tizimga aylanishini vaʼda qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?