Wispr Flow Hindiston bozorida ovozli sunʼiy intellektni rivojlantirmoqda

1 daqiqa o'qish172
Wispr Flow Hindiston bozorida ovozli sunʼiy intellektni rivojlantirmoqda

Hindiston internet foydalanuvchilari ovozli xabarlar va qidiruv tizimlaridan faol foydalanishga oʻrganib qolishgan. Biroq, mamlakatdagi til xilma-xilligi va murakkab lingvistik muhit sunʼiy intellektga asoslangan biznesni kengaytirishda qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Shunga qaramay, Wispr Flow startapi ushbu bozorni oʻzining eng tez rivojlanayotgan hududi deb biladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya hind va ingliz tillarining aralashmasi boʻlgan «Hinglish» tilini qoʻllab-quvvatlashni yoʻlani yoʻlga qoʻydi. Dastlab Mac va Windows uchun ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot endilikda Android tizimida ham ishlaydi, 2025-yilda esa iOS foydalanuvchilari uchun ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Wispr Flow asoschisi Tanay Kothari taʼkidlashicha, dastur dastlab muhandislar va menejerlar orasida ommalashgan boʻlsa, hozirda talabalar va keksa yoshdagi foydalanuvchilar ham undan faol foydalanmoqda. Hindiston hozirda startap uchun AQShdan keyingi ikkinchi yirik bozorga aylandi.

Kompaniya foydalanuvchilar sonini oshirish maqsadida Hindiston uchun maxsus arzonlashtirilgan tarif rejalarini joriy etdi. Kelgusida narxlarni yanada pasaytirish va boshqa mahalliy tillarni ham qoʻshish orqali shaharlardan tashqaridagi keng aholi qatlamini qamrab olish koʻzda tutilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?