Foto: Videodan kadr
Yozuvchi Murod Muhammad Do‘st “Lolazor” podkastidagi suhbatida 1990-yillar o‘rtalarida boshlanib, 2017 yilgacha davom etgan valyuta konvertatsiyasining cheklanishi “bir hovuch odamlar”ni boyitgani haqida gapirib berdi.
Ma’lumot uchun, 76 yoshli jamoat arbobi 1990-1992 yillarda Prezident devonida mas’ul xodim, 1993-1999 yillarda prezident matbuot kotibi bo‘lib ishlagan.
“Bizning, O‘zbekistonning, Islom akaning ham eng katta xatosi mana shu yerda bo‘lgan. Islom akaga “valyuta chiqib ketadi, yerda o‘tirib qolamiz”, deyishardi. Lekin birortasi chiqib aytmadiki: “Islom aka, o‘zbek nonni qulog‘iga yemaydi, og‘ziga yeydi. Valyuta olib chiqsa, o‘rniga bir narsa olib keladi, kerak bo‘lsa yana olib chiqib sotadi”. Xullaskalom, o‘shanda valyutani kontrol qilish boshlandi. Keyin konvertatsiya degan narsa chiqdi. O‘sha odamlar uchun bu konvertatsiya o‘ylab topildi-da.
Bizning start pozitsiyamiz Qozog‘istonnikidan yaxshi edi-ku. Shu yerda xato bo‘ldi-da. O‘shani atrofida yuzta oila boy bo‘lib oldi. Milliarderlar paydo bo‘ldi. O‘sha yerda juda katta xato bo‘ldi-da. Agar shu ish qilinmaganida, iqtisodiyotimiz ochiq turganida edi...
Keyin nima bo‘ldi? Valyutaning kontroli bir hovuch odamlarning qo‘lida bo‘ldi. O‘shandan 4 ta kurs paydo bo‘ldi. Valyuta almashtirishga kuchi yetadigan odamlar o‘zi ma’lum edi-ku, faqat o‘shalarni boyitdik”, – dedi Murod Muhammad Do‘st.
4 ta kurs paydo bo‘lgani va boshqa holatlarni Islom Karimov bilarmidi degan savolga, yozuvchi: “Menimcha, bilardi. Chunki u odam baribir iqtisodchi edi. Bilardi shekilli...” deya javob berdi.
Avvalroq, 90 -yillarda Markaziy bankda iqtisodchi bo‘lib ishlagan Komiljon Akramov birinchi ma’muriyat davrida iqtisodiy siyosatdagi xato burilish nuqtasi 1997 yildagi og‘ir iqtisodiy vaziyatda hukumatning pul bosib chiqarishga qaror qilganidan keyin boshlangani, konvertatsiyaning yopilishi ham ana shu xato ketidan qilingan boshqa bir xato bo‘lganini aytgandi.
O‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridan 2017 yilga qadar amalda bo‘lgan valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq muammolar tufayli O‘zbekiston xalqaro savdo uchun yopiq mamlakatga aylanib qolgandi. Import va eksport amaliyotida ko‘p to‘siqlar mavjud edi.
Faqatgina, 2017 yilning 2 sentyabrida imzolangan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni natijasida bu borada bir qancha o‘zgarishlar amalga oshirildi.
“Konvertatsiya masalasi xalqimizni necha yil qiynadi. Bu bo‘yicha qarorga imzo chekishdan oldin Qirg‘izistonda edim. Meni bu qarordan qaytarishdi va “agar bunday qilsangiz narxlar oshib ketadi va norozilik mitingi bo‘ladi” deyishdi. “Men bu muhim qadam uchun 1,5 yil tayyorlandim. Hech qanday muammo bo‘lmaydi” deb javob berdim.
Mana, hammasi joyida. Tadbirkorlar bemalol ishlashyapti, xalqimiz foydalanyapti. Qabul qilib olganimizda 24 mlrd dollar zaxiramiz bor edi. Hozir 35 mlrd dollardan oshdi”, degandi prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yildagi chiqishlaridan birida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi