16:40 / 05.02.2024
122

Ota-onalar uchun farzand tarbiyasiga oid xalqchil materiallar tayyorlanadi

Ota-onalar uchun farzand tarbiyasiga oid xalqchil materiallar tayyorlanadi
Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilib, ularning zararli ta’siridan himoyalash va ijobiy tomonidan foydalanish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarga sodda tilda qo‘llanmalar yaratish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, maktabga moslashish va kitobni sevishga o‘rgatish, yaxshi xulqli bo‘lish, atrofidagilar bilan muloqot qilishni o‘rganish va bilim olishga kuchli ishtiyoqni shakllantirish, kasb tanlash, jamiyatga moslashish, katta hayotga qadam qo‘yishda farzandlarga qanday yo‘l-yo‘riq berish zarur, degan savollar yuzasidan ota-onalar uchun xalqchil tilda materiallar tayyorlanadigan bo‘ldi.

Yuqorida aytilgan tashabbuslar amaliyotda yo‘lga qo‘yilsa, ota-onada mas’uliyat, o‘qituvchida majburiyat, o‘quvchida ishonch, ta’lim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo‘ladi”, – dedi davlat rahbari.

Shuningdek, majlisda professional va oliy ta’limdagi masalalar ham muhokama qilindi. Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi 380 ming maktab bitiruvchisidan 180 mingi ta’limni kollej, texnikum yoki oliygohda davom ettirmoqda. Qolgan 200 ming nafari mehnat bozoriga kirib kelmoqda.

“Dual ta’lim bilan 234 ta profta’lim muassasasida barcha o‘quvchilar ham qamrab olinmagan. Vazirliklar o‘zlariga tegishli kollej va texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimli yo‘lga qo‘yilishi, ulardagi quvvatlar 100 foizga ishlatilishi kerak”, – dedi Mirziyoyev.

Qurilish vazirligida 13 ta, Suv xo‘jaligi vazirligida 9 ta, Veterinariya qo‘mitasidagi 5 ta kollej va texnikumda malakali amaliyotchi ustalarni ko‘paytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Qolaversa, bu kabi kamchiliklar oliy ta’limda ham mavjudligi, bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermasligi ham tan olindi.

Davlat rahbari ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tgani, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarurligini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yili 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi, yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak bo‘ladi.

Lekin oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti. Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim”, – dedi u.

Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat