
A Seriyaning 10-turida "Sassuolo" oʻz maydonida "Jenoa"ni qabul qildi. Uchrashuv davomida mezbonlar toʻp nazorati boʻyicha ustunlikka ega boʻlishdi, ammo gol urish imkoniyatlari teng boʻldi.
Oʻyinning 18-daqiqasida "Jenoa" futbolchisi Ruslan Malinovskiy burchak zarbasi natijasida toʻpni darvozaga kuchli zarba bilan joyladi – 0:1. Tanaffusdan keyingi 47-daqiqada mezbonlar ham burchak zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi.
Domeniko Berardi toʻpni darvozaga aniq joylashtirdi – 1:1. Biroq, qoʻshib berilgan vaqtda "Jenoa" futbolchisi Leo Estigor Aaron Karikolning uzatmasidan soʻng bosh bilan gol urib, jamoasiga mavsumdagi ilk gʻalabani taqdim etdi – 1:2.
Ushbu gʻalaba "Jenoa"ni turnir jadvalining oxirgi oʻrnidan chiqib, 17-oʻrinni egallashiga yordam berdi. "Sassuolo" esa hozirgi kunda 10-oʻrinda qoldi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.