
Madridning "Real" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqinda "El-Klasiko"da Vinius Junior bilan bogʻliq vaziyat haqida gapirdi. Braziliyalik vinger "Barselona"ga qarshi oʻyinda almashtirilganidan norozi boʻlib, murabbiy Xabi Alonsoga eʼtiroz bildirdi. 
Shundan soʻng matbuotda futbolchi va murabbiy oʻrtasidagi tarang munosabatlar haqida xabarlar paydo boʻldi. Shu bilan birga, yulduz futbolchining klubdan ketishi haqidagi mish-mishlar yana avj oldi. 
"Men Vinius bilan "El-Klasiko"dagi almashtirishga bergan munosabati haqida suhbatlashdim. U xato qilganini tan oldi va bu haqda ochiqchasiga gaplashdik. 
U oʻz xatosini tushundi va kechirim soʻradi, shuning uchun muammo hal boʻldi, deb oʻylayman", – dedi hozirda Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan Anchelotti matbuot anjumanida. Eslatib oʻtamiz, italiyalik mutaxassis joriy yilning may oyida "Real"ni tark etgan edi. 
Anchelotti: Vinius bilan muammoni hal qildik
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar