date

Levandovski qishda "Barselona"ni tark etishi mumkin

Levandovski qishda "Barselona"ni tark etishi mumkin
"Barselona" klubi qishki transfer oynasida hujumchi Robert Levandovskini sotishni ko'rib chiqmoqda. Transfer News Live portalining Fichajesga tayanib bergan ma'lumotiga ko'ra, 37 yoshli futbolchi uchun Saudiya Arabistonining noma'lum klubi 35 million yevro taklif qilgan.

Agar kataloniyaliklar hujumchiga munosib o'rinbosar topa olishsa, ular bu taklifni qabul qilish ehtimoli yuqori. Shu tariqa, "ko'k-anorranglilar" mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan tajribali yulduzdan ajralish evaziga katta miqdordagi mablag' ishlab olishadi.

Hozirgi mavsumda Robert Levandovski "Barselona" safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Transfermarkt portali polshalik hujumchining narxini 10 million yevro deb baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Levandovski qishda "Barselona"ni tark etishi mumkin