
Erling Holand navbatdagi Premer-liga uchrashuvida dubl qayd etdi. Bu safar uning qurboni "Bornmut" (3:1) jamoasi bo'ldi. 
Norvegiyalik futbolchi 33-daqiqaga qadar ikkita gol urib, jamoasining g'alabasini ta'minlashga yetarli natija ko'rsatdi. Opta maʼlumotlariga ko'ra, Holand ketma-ket to'rtta uy uchrashuvida ikki yoki undan ko'p gol urishga muvaffaq bo'ldi. 
Bu natijaga ilgari faqat Luis Suares va Robbi Fauler erishgan edi. Erling Holand hozirgi Angliya chempionati toʻpurarlar poygasida 13 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. 
U 10 tur davomida bunday yutuqqa erishdi. Uning eng yaqin taʼqibchilari esa atigi 6 ta gol urgan. 
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar