
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq, 2024 yildan boshlab har yili “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi:
- mart va avgust oylarida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida;
- dekabr oyida – respublikada “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) mexanizmlari asosida tashkil etiladi.
Belgilanishicha:
- yarmarka 2024 yilda Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;
- 2025 yildan boshlab yarmarka ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlari mahalliy budjet va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan o‘tkaziladi;
- yarmarka doirasida davlat buyurtmachilariga xarid jarayoni ochiqligini ta’minlagan holda o‘z xodimlari uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarni tashkil qilish maqsadida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga ko‘ra turistik mahsulotlarni xarid qilishga ruxsat beriladi;
- yarmarka doirasida Turizm qo‘mitasi tomonidan turizm sohasi subyektlarining faoliyatini namoyish qiluvchi tayyorlanadigan targ‘ibot materiallar (foto, video va boshqalar) ijtimoiy axborotga tenglashtiriladi;
- 2025 yildan boshlab har yili 1 fevralga qadar Turizm qo‘mitasi tomonidan yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi;
- 2025 yildan boshlab har yili 10 fevralga qadar Turizm qo‘mitasi tomonidan Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Turizm qo‘mitasi:
- yarmarkalar o‘tkazilishidan kamida ikki hafta oldin targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilishni;
- yarmarkalarga ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar, dam olish maskanlari, mehmonxonalar hamda transport tashkilotlarini ishtirokini;
- yarmarkalarga ishtirok etuvchi tadbirkorlarni ro‘yxatini oldinda shakllantirishni;
- yarmarkalar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va shartnomalarni ro‘yxatga olishni hamda monitoringni olib borishni;
- ommaviy axborot vositalari shu jumladan, ko‘p sonli auditoriyaga ega bo‘lgan blogerlarni jalb qilgan holda mamlakat bo‘ylab sayohatga undovchi turli videoroliklar ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar