Nima sababdan Tesla 6 mingdan ortiq Cybertruck’ni qayatarib olmoqda?

Tesla kompaniyasi 6197 dona Cybertruck elektromobilini qaytarib olmoqda. Qaytarib olish 2024-yilda ishlab chiqarilgan va yo‘ldan tashqarida ko‘rinishni yaxshilovchi maxsus yorug‘lik paneli o‘rnatilgan modellarga tegishli. Ayrim avtomobillarda panel noto‘g‘ri o‘rnatilgani yoki biriktirish jarayonida astarlashda xato yuzaga kelgani sababli, u old oynadan ajralib chiqib, boshqa yo‘l foydalanuvchilari uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Amerikalik mashhur elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi 6197 dona Cybertruck elektromobilini qaytarib olishini e’lon qildi.
AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) bayonotiga ko‘ra, qaytarib olish 2024-yilda ishlab chiqarilgan va yo‘ldan tashqarida ko‘rinishni yaxshilash uchun maxsus yorug‘lik paneli o‘rnatilgan modellarga tegishli.
Regulyatorning ma’lum qilishicha, ayrim avtomobillarda ushbu yorug‘lik paneli noto‘g‘ri o‘rnatilgan yoki biriktirilish jarayonida astarlanishda xato yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
“Bunday holat panelning old oynadan ajralib chiqishiga olib kelishi, bu esa boshqa yo‘l foydalanuvchilari uchun xavf tug‘dirishi mumkin,” — deyiladi NHTSA bayonotida.
Tesla kompaniyasi ushbu texnik kamchilikni bepul bartaraf etish majburiyatini olgan va tegishli transport vositalarini servis markazlariga chaqira boshlagan.































Izohlar 0
…