
Kreditni o‘z vaqtida to‘lamaslik qarzdorga hech qachon yaxshilik olib kelmaydi. Xususan, o‘z faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish maqsadida B.U. tomonidan “Kapitalbank” ATB bo‘limidan kredit olgan va to‘lashga kelganda paysalga solgan.
Natijada ish sudgacha borib, Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qarori bilan undiruv garovga qo‘yilgan avtotransport vositasi “Nexia 3”ga qaratilgan.
Byuroning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan, olib borilgan ijro harakatlari natijasida garovga qo‘yilgan transport vositasi topilib, onlayn auksion savdolariga joylashtirilgan.
2024 yil 7 fevralda onlayn auksionga qo‘yilgan avtotransport vositasi qonunda belgilangan tartibda 86 080 000 so‘mga sotilib sotuvdan tushgan pul mablag‘i “Kapitalbank” ATBning hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. Shuningdek, ijro ishi amalda tamomlandi.
Byuroning Oqoltin tuman
bo‘limi davlat ijrochisi
Bobur Doniyorov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! bo‘limi davlat ijrochisi
Bobur Doniyorov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar