
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Havo harorati o‘tgan ish haftasiga nisbatan bir oz yuqori bo‘lib, 34-39 darajani tashkil etadi, janubda ba’zi joylarda 40-41 darajagacha bo‘ladi.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
Toshkentda dam olish kunlari havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 35-38 daraja bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar