Ayrim hollarda ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya qilinmasdan, xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi va oylik maoshlarining o‘z vaqtida berilmaslik holatlari ham uchrab turadi. Bunday hollarda, sudning qaroriga ko‘ra majburiy ijro byurosi xodimlari zarur choralarni ko‘radi va fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanib, o‘z vaqtida berilmagan ish haqi to‘lovlari undirib beriladi.
Tahlillarga ko‘ra, shu yilning 7 oyi davomida Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan jami 232 nafar fuqaroga jami 1 mlrd. 280 mln. so‘m ish haqlari undirilishi ta’minlangan.
Birgina, Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasidan xodimlarga to‘lanmay qolgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan sa’y-harakatlar natijasida 19 nafar fuqaroga 234 mln. so‘mdan ziyod pul mablag‘lari undirilib, undiruvchilarning bank plastik raqamlariga o‘tkazib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi