YouTube interfeysidagi xatolik sababli bitta sahifa 7 GB xotira sarflamoqda

YouTube interfeysida yuzaga kelgan xatolik sababli, Firfox, Brave va Microsoft Edge foydalanuvchilari videolarni ko'rishda muammolarga duch kelmoqda. Bitta sahifa 7 GB gacha tezkor xotira sarflamoqda, bu esa video ostidagi tugmalarni yashirish va ko'rsatish jarayonining cheksiz takrorlanishi bilan bog'liq. Hozirda Mozilla dasturchilari muammoni o'rganmoqda, ammo Google va YouTube rasmiy izoh bermagan.
Firefox, Brave va Microsoft Edge foydalanuvchilari YouTube platformasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Videolar qotib qolishi va brauzer bitta oyna uchun 7 gigabaytgacha tezkor xotira sarflashi kuzatildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Dastlab bu holat reklama blokerlariga qarshi kurash bilan bog'langan edi. Biroq muammo turli platformalarda ham qayd etildi.
Bugzilla Mozilla ma'lumotlariga ko'ra, xatolik video ostidagi tugmalar mantiqida yashiringan.
Tizim "Yoqdi", "Ulashish" kabi tugmalarning ekranga sig'ishini tekshiradi. Joy yetishmasa, bitta tugma yashiriladi.
Shundan so'ng konteyner o'lchami o'zgarib, tugma yana paydo bo'ladi va bu jarayon cheksiz takrorlanadi.
Aynan shu cheksiz hisob-kitoblar protsessor va xotiraga yuqori yuklama beradi. Hozirda Mozilla dasturchilari muammoni o'rganmoqda, ammo Google va YouTube hozircha rasmiy izoh bermadi.































Izohlar 0
…