Gipertoniya - qanday kasallik? Xastalikning belgilari, asoratlari va oldini olish usullari nimalardan iborat?
Ana shunday savollarga Milliy tibbiyot markazi shifokori, Tibbiyot fanlari doktori, kardiolog Nigora Pirmatova javob beradi.
Gipertoniya yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, gipertoniya sayyoramizdagi nogironlikning asosiy sabablaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qon bosimi oshganda birinchi yordam kech ko‘rsatilsa, bemorlarning ahvoli juda og‘irlashishi, hatto o‘lim holati kuzatilishi mumkin.
Arterial gipertoniya bilan kasallangan bemorlar juda tez va og‘ir pnevmoniyani rivojlantiradigan birinchi raqamli xavf guruhiga kiradi.
Ular uy sharoitida o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanishlari man etiladi. Chunki ularda tezda pnevmoniya rivojlanishi va uning og‘ir kechishi kuzatilishi mumkin.
Ko‘p davlatlarning barcha izlanishlari va kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, koronovirus pnevmoniyasidan vafot etganlarning 50 foizida arterial gipertoniya kasalligi bo‘lgan.
Shuning uchun yurak qon-tomir patologiyasi, qon bosimi hamda yurak yetishmovchiligi bor bemorlar hududiy poliklinikalarida dispanser nazoratda bo‘lishlari, o‘zlarida o‘zgarishlar sezsalar, shu zahoti shifokorga murojaat etishlari, jamoat joylariga zarurat bo‘lmasa bormasliklari, imkoni bo‘lsa uydan ishlashlari, o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanmasliklari, vaqti-vaqti bilan qon bosimlarini o‘lchatib turishlari va shifokor tavsiya etgan davo muolajalarini vaqtida olib turishlari zarur.
Davolash paytida bemorlar har qanday stress yoki hissiy zo‘riqishdan yiroq bo‘lgani ma’qul. Bemorlar ochiq havoda: suvlar atrofida, bog‘da sayr qilishlari tavsiya etiladi.
Gipertoniya profilaktikasi uchun quyidalarni tavsiya etaman.
1. To‘g‘ri ovqatlaning. Qizil go‘sht, hayvon yog‘lari, tuz iste’molini kamaytiring, ko‘proq meva va sabzavotlar, baliq, yong‘oqlar, yog‘siz sut mahsulotlarini tannovul qiling.
2. Qahva ichishni kamaytiring. Kofein qon bosimini birdaniga oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun uning iste’molini kamaytirgan ma’qul.
3. Alkogol ichimliklarni iste’mol qilish, tamaki chekish kabi zararli odatlardan voz keching.
4. Muntazam jismoniy mashqlarni bajarib turing. Yengil sport turlari, piyoda yurish, velosiped uchish, suzish arterial qon bosimini tushirishga yordam beradi.
5. Vazningizni nazorat qiling. Ortiqcha vazn gipertoniya rivojlanishi xavfini oshiradi.
6. Stressli vaziyatlardan qoching. Meditatsiya va yoga bilan shug‘ullanish stress hissini kamaytirishning samarali usullaridan hisoblanadi.
7. Uyqu rejimiga amal qiling. Gipertoniyaga chalingan bemorga kuniga kamida 8-9 soat uxlash tavsiya etiladi.
8. Dorilarni o‘z vaqtida qabul qiling. Agar shifokor sizga qon bosimini tushirish uchun dorilar yozib bergan bo‘lsa, ularni o‘z vaqtida qabul qilishni unutmang.
9. Davriy shifokor ko‘rigidan o‘tib turing. Bu organizmdagi salbiy o‘zgarishlarni vaqtida aniqlash va tezkor choralarni ko‘rish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi