15:35 / 28.11.2024
8

Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Prezidentning tegishli farmoni bilan Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Adiz Muzaffarovich Boboyev — 1972 yilda Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni rejalashtirish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 2024 yilning 29 yanvarida Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlangan edi.

Bungacha esa iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari, 2023 yil fevral oyidan 2024 yil yanvar oyigacha iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi