13:36 / 30.01.2025
334

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi qatnashdi.

«Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha e'zozlanishidan dalolat», — deyiladi xabarda.


Davlat rahbari matbuot xizmatining qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyevning e'tibori bilan birinchi prezidentning xotirasi abadiylashtirildi, u tavallud topgan 30 yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chogʻida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish an'anaga aylandi.


«Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat va namunadir. Marosimda ana shunday ehtirom va birdamlik namoyon boʻldi», — deyiladi xabarda.


Tadbir davomida Qur'on oyatlari oʻqilib, duo qilindi. Birinchi prezidentning xalq manfaati yoʻlida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi.


Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham oʻtkazildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat