Foto: Daryo
Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, shu yilning 1-mayidan boshlab Oʻzbekistonda elektromobillar utilizatsiyasi uchun yigʻim undirish joriy etiladi.
Utilizatsiya yigʻimi miqdori:
- ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 mln soʻm);
- ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq boʻlgan elektromobillar uchun BHMning 210 baravari (78 mln 750 ming soʻm) etib belgilanadi.
Butun dunyoda elektr transport vositalarining soni ortib borayotgan bir paytda ularning akkumulyatorlarini utilizatsiya qilish, eng muhimi, bu jarayonni toʻgʻri amalga oshirish kun tartibiga chiqayotgani hech kimga sir emas. Quyida elektromobillarning akkumulyatorlarini utilizatsiya qilish usullari haqida soʻz boradi.
Foto: Google Images
Nima uchun akkumulyatorlarni qayta ishlash muhim?
Elektr avtomobil akkumulyatorlarida litiy, nikel, kobalt va mis kabi qimmatbaho metallar mavjud. Ularning qazib olinishi yuqori xarajatlar talab etishdan tashqari, atrof-muhitga salbiy ta'sir ham koʻrsatadi. Akkumulyatorlarni qayta ishlash nafaqat ekologik xavflarni kamaytiradi, balki qimmatli resurslarni qayta ishlab, yangi materiallarni qazib olish zaruratini kamaytiradi.
Qayta ishlash jarayoni qanday amalga oshadi?
Akkumulyatorlarni qayta ishlashning bir necha usullari mavjud. Eng keng tarqalganlardan biri gidrometallurgiya boʻlib, metallarni olish uchun akkumulyatorlar kimyoviy moddalar eritmasiga botiriladi. Bu usul litiy va boshqa elementlarni sof shaklda olish imkonini beradi, bu esa ularni yangi akkumulyatorlar ishlab chiqarishda qayta ishlatishni osonlashtiradi.
Yana bir usul - pirometallurgiya. Bu holatda, akkumulyatorlar yuqori haroratgacha isitiladi, bu esa metallarni boshqa materiallarning qoldiqlaridan ajratib olish imkonini beradi.
Bu jarayon, shuningdek, kobalt va nikel kabi resurslarni bozorga qaytarish imkonini beradi va uni istiqbolli sohaga aylantiradi.
Biroq, elektromobil akkumulyatorlarini qayta ishlash murakkab va qimmat jarayondir. Qayta ishlash kompaniyalari infratuzilmani qurish va texnologiyani takomillashtirish zarurati kabi qator muammolarga duch kelmoqda.
Foto: Google Images
Akkumulyatorlarni qayta ishlashga moʻljallangan biznes model
Sircular Energy Storage kompaniyasi prognozlariga koʻra, 2030 yilga kelib, qayta ishlashga moʻljallangan elektr transport vositalarining hajmi oʻn barobardan koʻproq oʻsishi kutilmoqda.
2022 yilda akkumulyatorning ishlash muddati taxminan 11,3 GVt/soatga kamaydi. 2030 yilga kelib bu koʻrsatkich 138 GVt/soatgacha koʻtarilishi kutilmoqda. Bu taxminan 1,5 million elektromobilga teng.
Elektr avtomobil akkumulyatorlari 10 yil yoki undan koʻproq vaqt xizmat qilishi mumkin. Mutaxassislar 2040 yilga kelib, yangi elektr transport vositalarida ishlatiladigan akkumulyator materiallarining 40 foizi qayta ishlangan zaxiralardan olinishini taxmin qilishmoqda.
Bitta elektromobil akkumulyatori tarkibidagi minerallar – birinchi navbatda litiy, kobalt va nikel oʻrtacha 1000 - 2000 yevro turadi. Kelgusi bir necha yil ichida bu materiallar etishmasligi mumkin, ammo batareyalarning oʻzi quvvatni yoʻqotmasdan koʻp marta qayta ishlanishi mumkin.
Altilium Metals texnik direktori Kristian Marstonning soʻzlariga koʻra, elektromobillar ishlab chiqaruvchi har bir kompaniya akkumulyatorlarni qayta ishlash masalasida Xitoyga qaram boʻlishni istamay, oʻz ta'minot zanjiriga ega boʻlishni xohlayapti.
Foto: Google Images
Hozirgi vaqtda benzinda harakatlanadigan Evropadagi avtomobillarining 30 foizi chet elda izsiz yoʻqoladi - ular yo rivojlanayotgan mamlakatlardagi yangi egalari qoʻliga oʻtadi yoki metallolomga topshiriladi. Shu sababli, avtomobil ishlab chiqaruvchilarning oʻzlari har bir sotilgan elektr transport vositalarini doimiy kuzatib borishga harakat qilmoqdalar.
Xususan, Nissan akkumulyatorlarni nazorat qilish uchun Yaponiyada oʻz elektromobillarini faqat lizingga sotadi. Xitoy elektromobil ishlab chiqaruvchisi Nio kompaniyasi esa mijozlarga akkumulyatorlarni ijaraga berib, ularga egalik huquqini saqlab qoladi.
Renault ham xuddi shunday biznes modeliga ega. Akkumulyatorlarning ishlash muddati tugagandan soʻng, ishlab chiqaruvchi ularni eng arzon narxda yangi akkumulyatorga almashtirib beradi. Ushbu yondashuv bilan akkumulyatorlar qayta tiklanadi va qayta foydalanishga topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar