date

Soxta yer savdosi: Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonda ikki shaxs hibsga olindi

Soxta yer savdosi: Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonda ikki shaxs hibsga olindi

Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer maydonlarini noqonuniy sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda mazkur qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.

Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga tuman hokimligi zaxirasidagi 3,5 gektar yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, buning evaziga 1,5 milliard so‘m talab qilgan. U so‘ralgan pullarning 110 ming AQSh dollari va 100 million so‘mini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida esa 1983 yilda tug‘ilgan shaxs tadbirkorning ishonchiga kirib, unga ilgari boshqa fuqaro nomiga ajratilgan 169 gektar yer maydonining go‘yoki o‘ziga tegishli ekanini bildirgan. U 50 gektar yer uchastkasini har gektarini 1 ming dollardan, jami 50 ming AQSh dollariga sotishini aytgan va pullarni olayotganida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan har ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soxta yer savdosi: Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonda ikki shaxs hibsga olindi