
Toshkentda 12-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari transport vazirlarining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida Toshkent kommunikyesi imzolandi.
Tadbirda CATRANS-2035 strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Ushbu hujjat zamonaviy, ekologik va xalqaro savdo yo‘llariga integratsiyalashgan yagona transport makonini yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning ta’kidlashicha, mazkur hujjat 2035-yilgacha bo‘lgan hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini belgilab beradi. Unda uchta asosiy yo‘nalish — infratuzilmani rivojlantirish, raqamlashtirish va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari qamrab olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.