
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mashhur rejissyor va teleboshlovchi Mirabbos Mirzaaxmedovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. U 19-noyabr kuni 84 yoshida vafot etdi.
Mirabbos Mirzaaxmedov 1941-yil 30-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maktabni tamomlagach, Toshkent teatr va san’at institutiga o‘qishga kirib, kino va teatr aktyorligi bo‘yicha tahsil olgan.
U faoliyatini O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida rejissyor yordamchisi sifatida boshlagan va keyinchalik 60 yildan ortiq vaqt davomida televideniyada faoliyat yuritgan. Mirzaaxmedov “Yoshlar” muharririyati, “O‘zbekiston” telekanali rejissyori bo‘lib ishlagan, shuningdek, ko‘p yillar davomida “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” dasturining muallifi va boshlovchisi sifatida taniqli bo‘lgan.
U rahbarlik qilgan davrda “Bahor qaytmaydi”, “Izlayman”, “Qalbingga quloq sol” kabi o‘nlab teleko‘rsatuvlar va telefilmlar tayyorlangan, ular O‘zbekiston madaniy tarixining ajralmas qismiga aylangan. Mirzaaxmedov o‘z faoliyati davomida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.