date

Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi bo‘ldi

Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi bo‘ldi
Jizzax viloyati hokimi lavozimiga Ulug‘bek Mustafoyev tayinlandi. Uning nomzodi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Jizzax viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida taklif etildi.

Viloyat deputatlari va faollari nomzod bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Ovozgacha jarayondan so‘ng Mustafoyev viloyat hokimi sifatida tasdiqlandi.

Davlat rahbari yangi hokimga viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming kishini ish bilan ta’minlash hamda 15 ming oilani qashshoqlikdan chiqarish vazifalarini yukladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi bo‘ldi