date

Jizzax EIZda 540 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

Jizzax EIZda 540 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

Jizzax erkin iqtisodiy zonasida (EIZ) umumiy qiymati 540 million dollarga teng yangi loyihalar ishga tushiriladi. Shuningdek, hududda yangi elektr podstansiyasi va tozalash inshootlari qurilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu rejalar prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi. Viloyatda avtomobilsozlik sohasini yanada kengaytirish va unga bog‘liq tarmoqlarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, volfram, oltin, qo‘rg‘oshin va uran qazib olish bo‘yicha loyihalar davom ettiriladi. Barqaror energiya ta’minoti uchun joriy yilda 200 megavatt, kelgusi yilda esa 300 megavatt quvvat yaratiladi.

Qo‘shimcha ravishda umumiy quvvati 30 megavatt bo‘lgan 150 ta kichik gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Turizm sohasida Baxmal va Zomin tumanlari yagona turistik halqaga birlashtiriladi, ikki tumanni bog‘lovchi 158 kilometr yo‘l ta’mirlanadi.

Baxmal tumani turistik zona maqomini oladi. Arnasoy aeroporti modernizatsiya qilinadi, shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘liga temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi sohasida 110 ming gektar yaylov va lalmi yerlardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Kartoshkachilik bilan shug‘ullanuvchilar imtiyozli kredit va xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiyalar oladi, shuningdek, import texnikalar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Baxmal bog‘bonlariga qo‘shimcha subsidiya ajratiladi, Zomin tumanida esa yirik parranda fabrikasi tashkil etiladi. Shu bilan birga, shahar infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani yagona bosh reja asosida rivojlantiriladi. Shahar atrofida aylanma yo‘l va yangi ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan.

Hududdagi tadbirkorlik va infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 10 trillion so‘m ajratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzax EIZda 540 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi