
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Gulistonda gaz balloni portlashi oqibatida jabrlanganlarni ziyorat qildi. Jabrlanganlar Respublika ilmiy tibbiy markazining hududiy filialida davolanmoqda.
Prezident jabrlanganlar va ularning yaqinlari bilan suhbatlashdi. Halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirgan davlat rahbari ularga moddiy yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.
Markaz rahbarlari va shifokorlar bemorlarning ahvoli va davolanish jarayoni haqida ma’lumot berdi. Ma’sul tashkilotlarga voqea sabablarini o‘rganish va bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha topshiriq berildi.
Eslatib o‘tamiz, Gulistonda gaz balloni portlashi dekabr oyi boshida sodir bo‘lgan edi. Natijada uch kishi halok bo‘lgan.
Huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bir kishi hibsga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.