
O'zbekiston Markaziy banki Octogram kompaniyasi (Paylov brendi) tomonidan Humans ilovasi orqali taqdim etilgan barcha to'lov xizmatlari 9-dekabrdan boshlab to'xtatilganini ma'lum qildi. Bir kun avval foydalanuvchilar Humans orqali mablag'larning yechib olinishi haqida xabar berishgan.
Markaziy bank darhol Octogram bilan bog'lanib, xavfsizlikni tekshirish va mumkin bo'lgan texnik zaifliklarni bartaraf etish uchun p2p operatsiyalarni to'xtatishni buyurdi. Shu bilan birga, Uzcard va Humo kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar, jumladan, boshqa bank ilovalarida kartalardan foydalanish odatdagidek davom etmoqda.
Markaziy bank tezkor tekshiruvlarni boshlaganini bildirdi: barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar o'rtasidagi o'zaro aloqa o'rganilmoqda. Tekshiruv natijalari e'lon qilinishini ma'lum qildi.
Shuningdek, Markaziy bank fuqarolarga zaruriyat tug'ilsa, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishni tavsiya etdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.