date

Qozog'iston kompaniyasi O'zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchini sotib olmoqda

Qozog'iston kompaniyasi O'zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchini sotib olmoqda

O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi RG Brands South mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Southhub kompaniyasini sotib olishga ruxsat berdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Tahlillar natijasida ushbu bitim bozorning raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan. Southhub kompaniyasi 2023 yil sentyabr oyida Yangiyo‘l shahrida tashkil etilgan.

Korxona alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uning asoschisi 100 milliard so‘m ustav fondiga ega bo‘lgan Master Global Plyus kompaniyasidir.

Southhub limonad ishlab chiqaruvchi Cool Line va antiseptik mahsulotlar brendi Carelux’ga egalik qiladi. Kompaniya hammuassislari orasida Maqsud Fayzullayev, Nilufar Xodjayeva, Habibullo Xasanov va Bobir Karimov bor.

RG Brands South kompaniyasi esa 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u to‘liq RG Brands xoldingiga tegishlidir. Kompaniya oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi va uning ustav fondi 23,12 milliard so‘mni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog'iston kompaniyasi O'zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchini sotib olmoqda