
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoaga navbatdagi yirik yulduzni olib kelish g'oyasini kun tartibiga chiqardi. Defensa Central xabariga ko'ra, yarim himoyachi Vitin'yani transfer qilish Peres uchun deyarli bosh maqsadga aylangan. U portugaliyalik futbolchi «Real» o'rta chizig'ini sezilarli kuchaytirishiga ishonadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, «Real» klubida Vitin'yani «PSJ»dan olib chiqish juda mushkul vazifa ekanini yaxshi tushunishmoqda. Manbaga ko'ra, Madridda bu transferni 2000 yilda Luis Figuni «Barselona»dan olib ketishdek darajada murakkab deb baholashmoqda.
«Real» 25 yoshli Vitin'yaning shartnomasida matbuotda tilga olingan 90–100 million yevrolik tovon puli bandi borligiga ham to'liq ishonmayapti. «PSJ» bilan kelishuvga erishish qiyin bo'lishi kutilmoqda, chunki klublar Yevropa maydonlarida prinsipial raqiblar hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.