
Madridning “Real” klubida uzoq yillar to‘p surgan Serxio Ramos “Milan” safiga qo‘shilish arafasida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Calciomercato xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi va “rossoneri” o‘rtasida prinsipial kelishuvga erishilgan. Ramos erkin agent maqomida Milan klubiga o‘tadi, hozircha faqat maoshi hamda shartnoma muddati bo‘yicha yakuniy tafsilotlar aniqlashtirilishi kerak. “Milan”da u “Real”dagi sobiq jamoadoshi Luka Modrich bilan yana bir jamoada to‘p suradi.
39 yoshli himoyachining so‘nggi jamoasi Meksikaning “Monterrey” klubi bo‘lib, u joriy yil fevralidan buyon shu yerda o‘ynab kelayotgandi. Ramos faoliyati davomida “Real”dan tashqari “Sevilya” va “PSJ”da ham harakat qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.