
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin hujumchi Garri Keyn haqida kutilmagan fikr bildirdi. Uning aytishicha, u Keynni zamonaviy futbolning eng zo'r forvardi deb hisoblamaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arshavin o'z reytingida Erling Holanndni yuqoriroqqa qo'ydi va Keynning sermahsulligi uni hayratda qoldirayotganini ta'kidladi. Sobiq futbolchi ingliz hujumchisida buyuk to'purarlarga xos yaqqol individual fazilatlarni ko'rmasligini, shu bois Keynning bunchalik ko'p gol urayotgani uning uchun kutilmagan holat ekanini aytdi.
"Menga Keyn umuman yoqmaydi, Holannd yaxshiroq. Keyn qanday qilib shuncha gol urayotganiga hayronman. U katta o'yinchi, lekin aynan qaysi kuchli tomonlari bor? Raqibni aldab o'tishi yoki supertezligi bor deb aytolmayman. Uning shunday darajaga chiqqani men uchun kashfiyot", — dedi Arshavin Fonbet YouTube kanalida.
Joriy mavsumda Keyn Bundesligada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.