date

Bir qaror – uch farzandning taqdiri: ota 60 million so‘mni oldindan to‘lab berdi

Bir qaror – uch farzandning taqdiri: ota 60 million so‘mni oldindan to‘lab berdi

Shahrisabz tumanlararo sudining aliment undirishga oid hal qiluv qarori asosida qarzdor sifatida qayd etilgan ota farzandlari uchun muhim qadam tashladi.

U bolalarining voyaga yetguniga qadar hisoblangan aliment mablag‘larini undiruvchi bilan kelishgan holda oldindan to‘lab berishga qaror qildi.

2025 yil dekabr oyida jami 60 million so‘m aliment puli to‘liq to‘lanib, uch nafar farzandning kelajak ta’minoti moliyaviy jihatdan kafolatlandi. Mablag‘lar undirilgani sababli ijro hujjati belgilangan tartibda yakunlandi. 

Ba’zan bir insonning yagona qarori butun bir oilaning kelajagini o‘zgartirib yuboradi. Aliment – bu majburiyat emas, balki farzand taqdiri uchun ota mas’uliyatidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir qaror – uch farzandning taqdiri: ota 60 million so‘mni oldindan to‘lab berdi