
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln so‘mga yetdi. Eng katta “sur’at” esa moliyaviy xizmatlar hamda aloqa-axborotlashtirish yo‘nalishida kuzatildi — ya’ni pul aylanmasi va texnologiya birgalashib gazni bosgan.
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, xizmat turlari bo‘yicha o‘sish quyidagicha shakllangan:
- moliyaviy xizmatlar — 123,7 foiz;
- aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,6 foiz;
- ijara xizmatlari — 119 foiz;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
- me’morchilik, muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,2 foiz;
- savdo xizmatlari — 113,3 foiz;
- boshqa xizmatlar — 113,1 foiz;
- transport xizmatlari — 112,9 foiz;
- kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 112,8 foiz;
- shaxsiy xizmatlar — 112 foiz;
- ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 111,7 foiz;
- yashash va ovqatlanish xizmatlari — 109,3 foiz;
- ta’lim sohasidagi xizmatlar — 108,8 foiz.
Qisqasi, raqamlar shuni ko‘rsatyaptiki: xizmatlar bozorida eng yuqori o‘sish moliya va IT/aloqa segmenti hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Shu bilan birga ijara, tibbiyot hamda muhandislik xizmatlarida ham barqaror o‘sish saqlanib qolgan.
Yaqin oylarda bu trend davom etsa, xizmatlar sohasi iqtisodiyotdagi “eng tez yuradigan motor”lardan biriga aylanib olishi hech gap emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.