
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) matbuot xizmati Toshkent viloyatidagi murojaat bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Unda aytilishicha, viloyatda joylashgan xususiy korxonaning ikki sobiq xodimi Ombudsmanga chiqib, 2024 yil avgustidan beri to‘xtab qolgan oylik kompensiya pullarini undirib berishda ko‘mak so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, ular 1997 va 1999 yillarda ishlab chiqarishda jarohat olgani uchun korxona ularga muntazam to‘lov qilib kelishi kerak bo‘lgan.
Murojaat asosida Yangiyo‘l shahridagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga da’vo arizasi kiritildi. Sud ish hujjatlarini ko‘rib chiqib, da’vogarlar talabini qanoatlantirdi va xususiy korxonadan ularning foydasiga 35 million so‘m undirish haqida qaror chiqardi.
Nazorat tekshiruvi yakunida esa fuqarolar belgilangan mablag‘ni to‘liq olgani tasdiqlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.