Saida Mirziyoyeva intervyuda besh ustuvor yo‘nalishni ochiq sanadi

Saida Mirziyoyeva intervyuda besh ustuvor yo‘nalishni ochiq sanadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi oldidagi beshta ustuvor vazifani sanadi: suv, ta'lim, tibbiyot, biznes va sud-huquq tizimi.
  • U suv masalasini kelajakdagi eng katta chaqiriqlardan biri, ta'lim va tibbiyotdagi o'zgarishlarni esa uzoq muddatli jarayon sifatida ko'rsatdi.
  • Mirziyoyeva shaffof va adolatli sud bo'lmasa, ishonch, investitsiya, biznes muhiti va fuqarolar huquqiga oid boshqa islohotlar to'liq ishlamasligini ta'kidladi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk katta intervyusida o‘z vazifalari, davlat rahbarining ish uslubi va administratsiya oldida turgan eng muhim maqsadlar haqida batafsil to‘xtaldi.

Uning aytishicha, Prezident administratsiyasi asosan strategik yo‘nalishlarni belgilaydi va ijro tizimiga aniq “yo‘l xaritasi” beradi. Mirziyoyeva bugungi jarayonni islohotlar davri, deb atab, o‘zgarishlar uzluksiz nazorat va katta mas’uliyat talab qilishini ta’kidladi.

Intervyuda u prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy sifatlariga ham to‘xtalib, davlat rahbarini insonni tinglaydigan, hurmat qiladigan va jamoani rivojlantira oladigan lider sifatida ta’rifladi. Mirziyoyevaga ko‘ra, islohotlar faqat qattiqqo‘llik bilan emas, moslashuvchanlik va donolik orqali ham natija beradi.

Eng qiziq qismi — ustuvor yo‘nalishlar ro‘yxati. Mirziyoyeva administratsiya oldidagi beshta asosiy vazifani sanadi: suv, ta’lim, tibbiyot, biznes va sud-huquq tizimi. U, ayniqsa, suv masalasini kelajakdagi eng katta chaqiriqlardan biri sifatida ko‘rsatdi. Ta’lim va tibbiyotdagi o‘zgarishlar esa uzoq muddatli jarayon ekanini qayd etdi.

Sud-huquq tizimi mavzusida u keskin fikr bildirdi: shaffof va adolatli sud bo‘lmasa, qolgan islohotlar to‘liq ishlamaydi. Chunki ishonch, investitsiya, biznes muhiti va fuqarolar huquqi baribir qonun ustuvorligiga borib taqaladi.

Shaxsiy jihatdan, Mirziyoyeva xalqaro diplomatiya va muloqotdan katta zavq olishini aytdi va asosiy maqsadni yana bir bor takrorladi: xalq hayotini yaxshilash, har bir inson muhim. Tayinlov sabablarini esa prezidentga joylardagi real holatni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazish, haqiqiy manzarani yashirmasdan ko‘rsatish ehtiyoji bilan bog‘ladi.

Qisqasi, intervyuning asosiy signali shunday: ustuvor yo‘nalishlar belgilangan, endi eng katta talab — ijroni kuchaytirish va natijani joylarda sezilarli qilish.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar