Inter qishda Kivu so'ragan ikki pozitsiyani kuchaytiradi

Milanning «Inter» klubi qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bosh murabbiy Kristian Kivu jamoada yangi markaziy himoyachi hamda o'ng qanotdagi laterealni ko'rishni istayapti. Jurnalist Paskuale Guarroning xabariga ko'ra, klub rahbariyati murabbiyning ikkala talabini ham bajarishga urinadi. O'ng qanot uchun darhol tarkibni kuchaytira oladigan tajribali futbolchi olinishi kutilmoqda va asosiy nomzod allaqachon ma'lum — Joau Kanselu. Markaziy himoyachi masalasida esa kelajak uchun, rotatsiyada o'ynab tajriba to'playdigan va vaqt o'tib asosiy tarkib uchun raqobat qila oladigan futbolchi ko'zda tutilgan.
«Inter» A Seriya jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va «Milan»ni bir ochko farq bilan ortda qoldirmoqda. 4 yanvar kuni Kivu jamoasi o'z maydonida «Bolonya»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!