date

Farg‘onada yashirin kripto-birja tashkil etgan 4 kishi ushlandi

Farg‘onada yashirin kripto-birja tashkil etgan 4 kishi ushlandi

Fargʻona viloyati IIB axborot xizmatiga koʻra, kriptovalyutaning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tezkor tadbir oʻtkazdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Ichki ishlar xodimlari DXX vakillari bilan hamkorlikda Fargʻona shahrida kriptovalyutani noqonuniy ayirboshlash bilan shugʻullangan toʻrt nafar fuqaroni qoʻlga oldi. Gumonlanuvchilar ijaraga olingan xonadonda faoliyat yuritib, boshqalarga rasmiylashtirilgan bank plastik kartalaridan foydalangani aytilmoqda.

Tintuv davomida turli banklarga tegishli 24 ta plastik karta, mobil telefonlar hamda kriptoayirboshlash amaliyotlarida ishlatilgan boshqa qurilmalar aniqlandi.

Hozirda mazkur holat boʻyicha dastlabki tergovoldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada yashirin kripto-birja tashkil etgan 4 kishi ushlandi