
2026 yilning 1 yanvar kuni Oʻzbekistonda 1 094 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi tugʻilganlar orasida 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz bolalar. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ruq Farg‘ona viloyatida qayd etildi — 138 nafar bola. Shuningdek, Surxondaryoda 135, Samarqandda 125, Qashqadaryoda 121 va Namanganda 110 nafar chaqaloq tug‘ildi.
Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri keldi — bu yerda atigi 19 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq ro‘yxatga olindi.
Kun davomida 17 juft egizaklar tug‘ildi: 15 juft egizak, bitta uch egizak va bitta to‘rt egizak qayd etilgan. Bayram kunlari tug‘ruq majmualari hamda boshqa tibbiyot muassasalarida 4 913 nafar mutaxassis — akusherlar, neonatologlar, akusherkalar va hamshiralar navbatchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.