Mbappe o'rniga Betisga qarshi Gonsalo Garsiya tushishi kutilmoqda

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kiliyan Mbappe jamoaning navbatdagi uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. «Qirollik klubi» La Liganing 19-turida «Betis»ga qarshi 4 yanvar, yakshanba kuni bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan o‘tkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz futbolchi tizzasidagi jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Jurnalist Alvaro Esteban bergan ma’lumotga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso start tarkibida 21 yoshli ispan forvardi Gonsalo Garsiyani maydonga tushirishni rejalashtirmoqda. Aynan u Mbappeni hujum chizig‘ida almashtirishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Gonsalo Garsiya «Real» safida asosiy tarkibda atigi uch marta maydonga tushgan. U bu mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda qatnashib, bir bor assist qayd etgan, biroq hozircha gol ura olmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!