date

Fargʻonada qoʻlbola pirotexnika ishlatganlar jazolandi

Fargʻonada qoʻlbola pirotexnika ishlatganlar jazolandi

Fargʻona viloyati IIB axborot xizmatiga koʻra, huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan choralar koʻrildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

2025 yil 31 dekabr kuni viloyatda qoʻlbola pirotexnika buyumlaridan foydalanilgani aniqlandi. Taxminan 15 nafar fuqaro oʻzi yasagan pirotexnikani ishga tushirib, jarayonni ijtimoiy tarmoqlar uchun videoga ham olib chiqqan.

Oʻtkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida ishtirokchilarning barchasi aniqlanib, pirotexnika vositalari qoʻl ostidagi buyumlardan tayyorlangani maʼlum boʻldi.

Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining “Mayda bezorilik” hamda “Pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanmasi” moddalari bo‘yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Idora huquqbuzarlar qanday jazo olganiga aniqlik kiritmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Fargʻonada qoʻlbola pirotexnika ishlatganlar jazolandi