
Londonning «Arsenal» klubi tarkibidagi bir qator futbolchilar boshqa jamoalarga o‘tishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ko‘paygan. Biroq jurnalist Ison Xon xabariga ko‘ra, «kanonirlar» qishki transferlar oynasida hech kimni sotishni istamaydi. Klub ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin, ammo yanvarda to‘liq transfer asosida ketishlar bo‘lishi juda ehtimoldan yiroq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Arsenal» Angliya Premyer-ligasi jadvalida 19 turdan keyin 45 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi va ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti»ni to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda. 3 yanvar, shanba kuni Mikel Arteta jamoasi o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qiladi, uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.