Oʻzbekistonda chiqindi olib chiqish bo‘yicha qarzdorlik 622 mlrd so‘mdan oshdi

2025 yilda Oʻzbekistonda maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun toʻlanmagan qarzlar 622,7 mlrd soʻmga yetdi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi matbuot kotibi Dilnoza Kamilova ma’lum qildi.
Uning aytishicha, o‘tgan yilda “Toza makon” tizimi mahallalarning 87 foizini qamrab olgan, xizmatlardan 23,9 mln aholi foydalangan. Abonentlar hisoblangan to‘lovlarning 90 foizini — jami 1,3 trln so‘mni — to‘lagan.
Sanitariya tozalash yo‘nalishiga xususiy sarmoyalar 386,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. 2025 yil davomida korxonalar maxsus texnika, chiqindi konteynerlari hamda saralash va qayta ishlash uskunalarini xarid qilgan.
Sanitariya-tozalash korxonalari samaradorligi 55,5 foiz deb baholangan: 30 ta tashkilot “yashil”, 57 tasi “sariq”, 28 tasi esa “qizil” toifaga kiritilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!