date

Samarqandlik fuqaro daraxtlarni noqonuniy kesgani uchun jarimaga tortildi

Samarqandlik fuqaro daraxtlarni noqonuniy kesgani uchun jarimaga tortildi

Samarqand shahrida daraxtlarni ruxsatsiz kesib tashlagan fuqaro 25 million so'mdan ortiq miqdorda to'lovlarga tortildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vatanparvar” mahallasida ko'p yillik daraxtlar kesilayotgani aks etgan video tarqalganidan so'ng shahar ekologiya boshqarmasi holatni o'rgandi.

Tekshiruv natijasida fuqaro hech qanday ruxsatnomasiz 7 tup mevali va manzarali daraxtni, shuningdek, tabiiy holatda o'sib turgan 10 tup butani kesib tashlagani aniqlangan. Holat yuzasidan huquqbuzarga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 10,3 mln so'm jarima belgilandi. Bundan tashqari, tabiatga yetkazilgan zarar uchun 15,45 mln so'm miqdorida kompensatsiya to'lash majburiyati yuklatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik fuqaro daraxtlarni noqonuniy kesgani uchun jarimaga tortildi