date

Afgon konchilari Oʻzbekistonda malakasini oshirmoqda

Afgon konchilari Oʻzbekistonda malakasini oshirmoqda

Afgonistonning Togʻ-kon sanoati va neft vazirligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik doirasida geologiya hamda togʻ-kon yoʻnalishlari bo‘yicha malaka oshirish uchun Oʻzbekistonga keldi, deb xabar berdi «UzA». Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Mutaxassislar Oʻzbekistondagi ixtisoslashgan ta’lim muassasalari bazasida kasbiy o‘qituv dasturida ishtirok etmoqda. 28 kunlik kurslar Uzbek Overseas Geology Company ko‘magida Geologiya fanlari universiteti huzuridagi togʻ-kon geologiya tarmogʻi xodimlarini malaka oshirish institutida o‘tkazilmoqda.

O‘quv dasturi «Geologik qidiruv va togʻ-kon sanoatida laboratoriya hamda analitik tadqiqotlar» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalari va tahliliy salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Afgon konchilari Oʻzbekistonda malakasini oshirmoqda