date

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasida rahbarlik lavozimida o'zgarish yuz berdi. Shuhrat Orif tashkilot raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu kunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Xolmurod Salimov esa endilikda Uyushma raisining birinchi o'rinbosari vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Shuhrat Orif 1981 yil Farg'ona viloyatining Uchko'prik tumanida tug'ilgan. U O'zbekiston Milliy universiteti hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida turli sohalarda ishlagan Shuhrat Orif tayinlovga qadar Biznesni rivojlantirish banki matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangi rahbar nafaqat jurnalistika, balki adabiyot sohasida ham tanilgan. Uning qalamiga mansub “Men asli odammas, yor edim” hamda “Shom tovushi” nomli kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, u 2022 yil Turkiyada bo'lib o'tgan 15 Xalqaro turkiy she'riyat festivali ishtirokchisi hisoblanadi. Adabiyot va jurnalistika sohasidagi xizmatlari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Eslatib o'tamiz, Xolmurod Salimov Olim O'sarov ma'muriyatga o'tganidan so'ng, Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi