00:10 / 10.05.2017
5 623

Peterburgdagi terakt uchun hamma o‘zbek va qirg‘izlarni ayblash kerak emas!

Peterburgdagi terakt uchun hamma o‘zbek va qirg‘izlarni ayblash kerak emas!
«Rossiya xalqlari tarixini bilmaydiganlarga eslatib qo‘yishim joizki, qirg‘izlar Sibir va Oltoydan kelib chiqqan, Oltoy xalqlarining ulkan oilasiga, buyuk Oltoy sivilizasiyasi merosxo‘rlariga mansub», — degan bugun g‘alaba kuniga bag‘ishlangan mitingda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev.

«Qirg‘izlar bilan bitta til guruhiga Rossiya Federasiyasidagi bir qator qardosh xalqlar kirishadi. Bular masalan, tatarlar, boshqirdlar, xakaslar, tuvaliklar va boshqalar. «Sibir» so‘zining o‘zi qirg‘izcha «shiber» — o‘t-o‘lanlarga boy maskan ma’nosini beradi, Baykal — «Bayko‘l» — boy ko‘l, Enisey — «Enesay» — Ona soy. Ural daryosi ham qadimda «Jayik», «Yaik» deb atalgan — yoyiq, keng ma’nosini bildirgan.

«Rossiyaning ko‘plab buyuk fuqarolari Oltoy xalqlari guruhidan ajdodlarga ega bo‘lishgan. Birgina familiyalarining o‘zi bundan dalolat berib turibdi: Karamzin, Aksakov, Turgenev, Esenin, Ushakov, Kutuzov. Zamondoshlarimizdan Narishkin, Shoygu, Kara-Murza va boshqalarni tilga olishim mumkin», — degan Qirg‘iziston prezidenti.

«Zatulin va Vellerga o‘xshaganlarning qirg‘izlar Rossiyaga begona deyishlariga haqlari yo‘q. Familiyasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ko‘proq ularning qadimgi ota-bobolari Falastin cho‘llari va Evropa o‘rmonlaridan Rossiyaga kirib kelishgan», — dedi Atamboyev.

«Rossiya uchun «begonalar», qirg‘izistonlik mehnat migrantlari emas, Rossiya ichida millatlararo nifoq va ksenofobiyani tarqatayotgan o‘zlarining ba’zi bir yozuvchilari va siyosatdonlari muammo yaratmoqda», — deya qo‘shimcha qilgan prezident.

«Piterdagi teraktda bosh gumonlanuvchi Qirg‘izistonning O‘sh shahrida yashagan o‘zbek bo‘lib chiqsa, bunda hamma o‘zbek va qirg‘izlarni ayblash kerak emas», — dedi prezident.

«Axir u otasi singari Rossiya fuqarosi bo‘lgan. 16 yoshidan boshlab Rossiyada yashagan! Ehtimol, aynan ksenofobiya va skinxedlar uni ekstremist bo‘lishiga sabab bo‘lgandir. Har qanday oilada bunaqasi uchraydi. Har qanday xalqda ham yaramaslar va qahramonlar bo‘ladi. Lekin Hitler yoki Chikatiloga, Breyvik yoki Tkachga qarab butun xalqqa baho berib bo‘lmaydi», — dedi Almazbek Atamboyev.

«Biz qirg‘izlar uchun Rossiya — bizning azaliy, qadimiy tarixiy vatanimiz. Har qanday qirg‘iz uchun Manas, Oltoy, Enasoy so‘zlari muqaddas hisoblanadi. Bizning xalqimiz o‘z ildizlarini juda yaxshi eslaydi va qiyin kunlarda doimo qardosh Rossiyaning yonida bo‘ladi. Ulug‘ vatan urushi yillarida ham biz buni namoyish etganmiz», — dedi Atamboyev.

«Buyuk Rossiyaning kuch-qudrati unda yashayotgan jamiki millat va xalqlarni birligida. Buning uchun irqchilik va ksenofobiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish darkor. Siyosatchilar buni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putindan o‘rganishi kerak», — deya ta’kidlagan Almazbek Atamboyev.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Peterburgdagi terakt uchun hamma o‘zbek va qirg‘izlarni ayblash kerak emas!