May oyining so‘ngida bozordagi sabzavotlarning narxlari haqida maqola e’lon qilib, saytimiz ushbu mavzuga yana qaytishini aytgan edik.
Qancha gap-so‘zlarga qaramay, kartoshka va piyozning narx-navolari hanuzgacha o‘zgarmayayotganga o‘xshaydi. Shuning uchun bu mavzuga yana qaytdik va kecha, 18 iyun kuni “Chorsu” savdo majmuasining dehqon bozorida bo‘ldik.
Mohi Ramazon oyi bo‘lgani uchunmi, yakshanba dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, kech soat beshlar atrofida bozor-o‘char qilib yurganlar ancha siyraklashib qolgan ekan.
Bejizga o‘rganish ob’ekti qilib dehqon bozorlarini tanlaganimiz yo‘q. Xalqimizda “Otang – bozor, onang – bozor”, degan gap bor. Shundanmi, nafaqat poytaxtda, balki viloyatlarda ham optimallashgan savdo shoxobchalari ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da, haligacha aholining ko‘pchilik qismi dehqon bozorlaridan savdo qilishmoqda.
Narxlarni ko‘zdan kechirish chog‘ida qiziq voqeaga duch keldik. Qarangki, savdo rastalarining birortasida terminallar orqali kartoshka xarid qilish imkoni topilmadi. Hattoki, “Elga xizmat” rastalarining bittasidagina terminal bo‘lib, u erda ham kartoshka yo‘q. Ne qilarimizni bilmay turgandik, bozorni tartibga keltirib yurgan mutasaddilarni uchratib qoldik va ularga yuzlandik.
Ular bugun bozor kuni bo‘lganini va biz kech kelganimizni aytishdi. Terminallar nega yo‘qligini so‘raganimizda aniq javob bera olishmadi. Faqatgina “Ishlayotgan edi”, deya olishdi, xolos. Bizdan necha kilo kartoshka olishimizni so‘rashdi va bir sotuvchiga qayerdandir olib kelishni buyurdi. Men o‘sha sotuvchiga ergashdim. Sotuvchi faqat naqd pulga kartoshka sotayotgan rastaga bordi va o‘z yonidan naqd pulga 5 kg kartoshka sotib olib, menga uzatdi. Qaytayotganimizda xijolat bo‘lib, “Aka, sizni og‘ir ahvolga solib qo‘ymadikmi”, deb so‘radim. Sotuvchi akamiz: “Rahbarlar aytganidan keyin, nima qilamiz”, deb javob berdi. O‘z yonidan naqd pulga kartoshka olib bergan sotuvchi plastik kartochkamizdan 18000 so‘m echib qoldi.
Mutasaddi akalarimizdan biri bu ishga izoh berdi: “Ertalab kartoshka ko‘p edi. Navbat bilan (yozning o‘rtasida-ya – izoh muallifniki) savdo qilyapmiz. Yunusoboddan ham fuqarolar kelib, bizdan savdo qilishmoqda. Shundanmi etishmovchilik kuzatildi”.
Biz bu erda sotuvchilarni ham, bozor mas’ullarini ham ayiblashdan yiroqmiz. Sababi sizu bizga kundek ravshan bo‘lgan dehqon va sotuvchilar o‘rtasida naqd pulsiz aloqalar mexanizmi yo‘qligi. Bunday bo‘lgandan keyin ikkala tomon ham zarar ko‘rishni istamaydi-da axir.
O‘tgan yillar singari bu yil ham qish oylarida kartoshka va piyoz ancha qimmatlashdi. Maqola avvalida bu mazvu “chaynalaverib” jag‘lar tolgani to‘g‘risida yozgandik. Mana bahor o‘tdi, kartoshka va piyozning ertapishar navlari etilib bo‘ldi hamki, shu ahvol. Demak, kattakonlarimiz bu masalaga panja orasidan qarayotganga o‘xshaydi. Bo‘lmasa, kartoshka degan savil korzinka.uz savdo markazlarida 6690 dan 5390 so‘mgacha, bozorlarda esa 4 ming atrofida sotilarmidi?
Ketar chog‘imizda mas’ullardan biri: “Xafachilik bo‘lmasin, uka, bu erdan hech bir kishi norizo bo‘lib ketmagan”, deya lutf qildi. Kimlardan norizo bo‘lardik, o‘rganib ham qoldik-ku. Poytaxtda shu bo‘lsa, chekka qishloqlardagi maoshi plastik kartochkaga to‘liq tushadigan yutdoshlarimiz qanday kun ko‘rishayotgan ekan-a? Ha endi, qorni och bilan qorni to‘qning nima ishi bor, o‘lmagan qul ko‘raveradi-da. A, labbay?!
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?