date

Aston Villa yulduz o‘yinchisi bilan kelishuvga erishdi

Aston Villa yulduz o‘yinchisi bilan kelishuvga erishdi
23 yoshli hujumkor yarim himoyachi Morgan Rodjers "Aston Villa"da qoladi. Jurnalist Devid Ornshteynning xabariga ko‘ra, tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Rodjersning amaldagi shartnomasi 2030-yilda yakuniga yetadi, biroq yangi kelishuv 2031-yilgacha mo‘ljallangan va unga ko‘ra futbolchining maoshi sezilarli darajada oshiriladi. Angliya Premer-ligasining top jamoalaridan katta qiziqish bo‘lishiga qaramay, 23 yoshli yarim himoyachi yaqin kunlarda "Aston Villa" bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Bu mavsum Rodjers barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aston Villa yulduz o‘yinchisi bilan kelishuvga erishdi